09:53 / 16.09.2021
1 705

Grippga qarshi emlash koronavirus yuqish xavfini 50 foizga kamaytirgan

Grippga qarshi emlash koronavirus yuqish xavfini 50 foizga kamaytirgan
Foto: RIA Novosti
Grippga qarshi emlanganlar COVID-19ning birinchi to‘lqini paytida koronavirusga chalinish ehtimoli 47, ikkinchisida esa 50 foizga kamroq bo‘lgan.Bu Gollan diyaning Radbaud tadqiqot universiteti tibbiyot markazi olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar yakunida ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqot natijalari haqida "medRxiv" portalida maqola e’lon qilindi. Mutaxassislarning fikricha, grippga qarshi emlash ma’lum darajada koronavirusdan himoya qiladi.

Pandemiyaning birinchi to‘lqini payti olimlar Gollandiyadagi shifoxona xodimlari o‘rtasida tadqiqot olib borishgan. Unda COVID-19 bilan kasallanish grippga qarshi emlanganlarga qaraganda ancha past qayd etilgan. Xususan, birinchi to‘lqinda grippga qarshi emlanganlar orasida koronavirusga chalinish xavfi emlanmaganlarga qaraganda 47 foiz past bo‘lgan. Ikkinchi to‘lqinda bu ko‘rsatkichlar 50 foizni tashkil etgan.

Tadqiqot mualliflari buning sababi «tayyorlangan» immunitet ta’siri bo‘lishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Grippga qarshi emlash koronavirus yuqish xavfini 50 foizga kamaytirgan