16:36 / 16.09.2021
858

AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya AUKUS mudofaa alyansini tuzdi

AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya AUKUS mudofaa alyansini tuzdi
Foto: «Interfax»
AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya xavfsizlik sohasida uch tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. «The Guardian» ushbu ittifoqni tuzishdan bosh maqsad Xitoyga qarshi turish ekanini taxmin qilmoqda.

AUKUS (uch mamlakat nomlari qisqartmasidan olingan — tahr.) nomini olgan ushbu tashabbus start olganini AQSH prezidenti Jo Bayden, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison AQSHda bo‘lib o‘tgan onlayn brifingdan so‘ng ma’lum qilishdi.

Boris Jonsonning aytishicha, yangi alyans uch inglizzabon mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlab, ko‘plab yangi ish o‘rinlari ochiladi. E’tiborli jihati, yangi ittifoq taqdimotida hech bir tomon uni tuzishdan asosiy maqsadi Xitoyni tiyib turish ekanini ochiqchasiga tilga olmadi.

Butun dunyo uchun muhim signallardan biri shu bo‘ldiki, kelgusi 18 oy davomida uch hamkor Avstraliyani yadroviy reaktorlar o‘rnatilgan suvosti kemalariga ega yettinchi mamlakatga aylantirish rejasi ustida ish olib borishadi. Yadroviy reaktorlar bilan harakatlanuvchi suvosti kemalari dizel dvigatelli submarinalarga qaraganda shovqinsizroq ishlaydi, ko‘zdan pana bo‘lish imkoniyati ham ancha yuqori.

O‘z navbatida, Avstraliya yadro quroli yaratishga intilmasligini qat’iy ta’kidladi. Uch mamlakat rahbarlari alyans tashqi tahdid va chorlovlarga qarshi hamkorlikni yanada jipslashtirishga xizmat qilishini bildirishgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya AUKUS mudofaa alyansini tuzdi
[/banner_pushhouse