18:30 / 16.09.2021
3 214

Ronaldu qo‘ylardan qo‘rqib, 7 million yevrolik koshonadan voz kechdi

Ronaldu qo‘ylardan qo‘rqib, 7 million yevrolik koshonadan voz kechdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu oilasi bilan Angliyaga ko‘chib kelganidan keyin bahosi 7 million yevro bo‘lgan koshonaga joylashgan edi. Biroq, uning uyi joylashgan hududda qo‘y otarlari boqilar ekan.

Krishtianu Ronaldu kechasi qo‘ylarning ovozidan bezovta bo‘lib, yaxshi uxlay olmaganidan shikoyat qildi. Shuningdek, portugaliyalik yulduz uyning xavfsizlik tizimidan xavotirda ekanini ham ma’lum qildi.

Shundan so‘ng, futbolchi oilasi bilan Cheshirdagi boshqa uyga ko‘chib o‘tdi. Bu uy avvalgisidan ikki barobar arzon bo‘lsa-da, uning hududida basseyn, kichik kinoteatr va to‘rtta mashinaga joy bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu qo‘ylardan qo‘rqib, 7 million yevrolik koshonadan voz kechdi