22:43 / 17.09.2021
1 915

Rossiya Qozog‘istonda yangi antiballistik raketani sinovdan o‘tkazdi

Rossiya Qozog‘istonda yangi antiballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
Foto: Videodan kadr
Rossiya Havo-kosmik kuchlari Qozog‘istondagi poligonda raketaga qarshi mudofaa tizimining yangi raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib, «RBK» xabar berdi.

«Qozog‘iston Respublikasi Strategik raketa kuchlarining Sari-Shagan poligonida Rossiya Havo-kosmik kuchlarining havo hujumiga va raketaga qarshi mudofaa qo‘shinlari guruhi tomonidan yangi antiballistik raketaning navbatdagi sinovi muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirildi», — deyiladi xabarda.

General mayor Sergey Grabchukning so‘zlariga ko‘ra, bir qator sinovlardan so‘ng yangi raketa «o‘ziga xos xususiyatlarini isbotlagan», jangovar guruh esa shartli nishonni muvaffaqiyatli va yuqori aniqlikda urgan.

Rossiya yangi antiballistik raketasining avvalgi sinovlari shu yilning aprel oyida o‘tkazilgan. So‘nggi bir necha yil mobaynida Rossiya Mudofaa vazirligi Sari-Shagan poligonida yangi raketaning muvaffaqiyatli sinovlari haqida xabar berib turdi. Parvoz loyihasi bo‘yicha sinovlar 10 marta muvaffaqiyatli uchirishdan so‘ng tugallangan hisoblanadi. Shundan keyin antiballistik raketa Qurolli kuchlarga topshirilishi mumkin.

15 sentabr kuni Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomonga ikkita ballistik raketa uchirgandi. Undan ikki kun avval esa KXDR yangi uzoq masofaga mo‘ljallangan qanotli raketani muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazgani haqida e’lon qilgan.

16 sentabr kuni SpaceX tarixdagi birinchi noprofessional ekipajni koinotga uchirdi. Tarixda birinchi marta orbitaga kosmik sayyohlardan iborat mutlaqo noprofessional ekipaj yo‘l oldi. Kema bortida to‘rt kishi — ekipaj komandiri va parvoz homiysi milliarder Jared Ayzekman, tadqiqotchi ayol Sian Proktor, shifokor Xeyli Arseno va AQSH Harbiy havo kuchlari faxriysi Kristofer Sembroski bor. Kema Yerga yaqin orbitada uch kun bo‘lib, so‘ng Yerga qaytishi rejalashtirilgan. Parvoz chog‘ida noprofessional kosmonavtlar vaznsizlik holatida ilmiy tajribalar o‘tkazishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Qozog‘istonda yangi antiballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
[/banner_pushhouse