08:30 / 18.09.2021
2 080

Sobiq amaldorlarga tegishli mablag‘lar Afg‘oniston Markaziy bankiga topshirildi

Sobiq amaldorlarga tegishli mablag‘lar Afg‘oniston Markaziy bankiga topshirildi
2021 yil 15 sentabr kuni Amrulla Solih va boshqa bir qancha mansabdor shaxslar tomonidan o‘zlashtirilgan pul mablag‘lari Afg‘oniston Markaziy bankiga topshirildi.

Topshirilgan pulning umumiy miqdori 12,368,246 AQSH dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, qaytarilgan boyliklar orasida bir qancha oltin yombilar ham bo‘lib, ularning aksariyati Amrulloh Solihning saroyi va sobiq hukumat a’zolaridan olingan.

Afg‘oniston Islom Amirligi amaldorlari Markaziy bankka naqd pul topshirish davomida har sohada mamlakat yaxlitligiga sodiq ekanliklarini va shuning uchun ham rasmiylarning naqd pullarini Afg‘oniston banki g‘aznasiga topshirganliklarini aytib o‘tishdi.

Amrulla Solih va sobiq hukumat tomonidan ushbu pul mablag‘lari qay tarzda o‘zlashtirilganligi haqidagi xabarlar mavjud emas.

Afg‘oniston Islom Amirligi shaffoflik va halollik tamoyillariga amal qilishini bildirgan. Sobiq siyosiy amaldorlardan olingan pul mablag‘lari davlat budjetiga topshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq amaldorlarga tegishli mablag‘lar Afg‘oniston Markaziy bankiga topshirildi