12:23 / 18.09.2021
2 099

MDHda umumiy mehnat bozori shakllantiriladi

MDHda umumiy mehnat bozori shakllantiriladi
Hujjat 2021 yil 28 may kuni Minsk shahrida MDH ishtirokchi davlatlarining Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan. Ushbu hujjat aholi bandligi sohasidagi birinchi ko‘p tomonlama xalqaro shartnoma hisoblanadi.Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Bitimning maqsadi quyidagilardan iborat:
  • umumiy mehnat bozorini shakllantirishda muammolarni hal qilish va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha yondashuvlarni kelishilgan holda ishlab chiqish;
  • Bitim ishtirokchi davlatlarida aholi bandligiga ko‘maklashish va ishsizlar sonini qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlar, dasturlar va xizmatlarni ishlab chiqishda va ularning samaradorligini oshirishda hamkorlik qilish va o‘zaro ko‘maklashish;
  • fuqarolarning davlatlararo erkin harakatlanishini hamda mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqlarini ta’minlash.

Bitim doirasida quyidagi 11 ta yo‘nalish bo‘yicha hamkorlik qilish nazarda tutilmoqda:
- umumiy mehnat bozorini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- mehnat migratsiyasini tartibga solish va aholi bandligi muammolarini hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar, dasturlar va xizmatlar samaradorligini oshirish;
- kommunikatsion to‘siqlarni, shu jumladan MDH ishtirokchi davlatlarining mehnat migrantlari uchun ishga joylashtiriladigan davlatning tili, tarixi, madaniyati va huquqlari asoslari va o‘ziga xos jihatlarini o‘rgatish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish orqali bartaraf etish;
- xalqaro standartlar bo‘yicha amaliyotga yo‘naltirilgan kichik ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
- xalqaro metodikalar bo‘yicha mustaqil baholash natijalariga ko‘ra malakani o‘zaro tan olish tizimini yaratish;
- ish topishda qiyinchiliklarga duch kelgan aholining ayrim guruhlarini ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirish;
- mehnat resurslarining mobilligini oshirish;
- axborot tizimlarini rivojlantirish va integratsiya qilish;
- norasmiy bandlikni qisqartirish;
- MDH ishtirokchi davlatlari hududlarida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun MDH ishtirokchi davlatlaridan mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tarzda tanlab olish va jalb etish tizimini joriy qilish va rivojlantirish;
- nolegal mehnat faoliyatiga, shu jumladan mehnat migrantlari tomonidan shunday faoliyatning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » MDHda umumiy mehnat bozori shakllantiriladi