Yuzdan ortiq afg‘on jurnalistlari “Chegarasiz muxbirlar” huquqni himoyalash tashkilotiga murojaat qilib, Afg‘onistonda matbuot erkinligini himoyalashda yordam berishni so‘radi.
Murojaatni 103 nafar, jumladan 20 nafar ayol jurnalist anonim tarzda imzolagan. Ulardan aksariyati hamon Afg‘onistonda ishlamoqda, ba’zilari yashirinmoqda, ba’zilari esa xorijda quvg‘unlikda qolmoqda.
“Biz ushbu murojaatni berar ekanmiz, hayotimiz xavf ostida ekani sababli noma’lum bo‘lib qolishga majburmiz. Biz Afg‘onistonda 1996-2001 yillarda bo‘lgani kabi jurnalistika yo‘q bo‘lib ketishini istamayapmiz”, deb aytilgan murojaatda.
Ularning ta’kidlashicha, toliblar ko‘p hollarda jurnalistlarga hujum qilmoqda, ularning faoliyatiga aralashmoqda. OAV vakillari vaziyat yanada yomon ko‘rinish olishidan xavotirlanmoqda. Ularning ta’kidlashicha, jurnalistlar, ayniqsa ayol jurnalistlar himoyasini kafolatlash eng ustuvor vazifa hisoblanadi.
“Toliblar bergan va’daga qaramay, biz umumiy tahqirlashlarning birinchi alomatlarini ko‘rmoqdamiz”, deb ta’kidlab o‘tishgan jurnalistlar.
Bunda jurnalistlarga tahdid qilish, tahririyatlar xodimlarini qo‘rqitish va yashirin senzura nazarda tutilmoqda. Afg‘on jurnalistlari “Afg‘onistonda oxirgi 20 yil ichida OAV mustaqilligi, jurnalistlarni himoyalashda erishilgan natijalarni saqlab qolish uchun matbuot erkinligini safarbar qilishga” chaqirishgan.
Shuningdek, ular afg‘on nashrlariga o‘z ishini davom ettirishga imkon berishga chaqirishgan va yaqin istiqbolda ularga diplomatik hamda moliyaviy ko‘mak zarur bo‘lishini aytishgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi