Avstraliyaning suvosti kemalari bo‘yicha Fransiya bilan tuzgan shartnomani bekor qilishi ikki davlat o‘rtasida mojaroga sabab bo‘ldi: Kanberradan chaqirib olingan fransuz elchisi Jan-Per Tebo Avstraliya hukumatining harakatini xoinlik deb baholadi.
«Bizda bunga (ya’ni shartnomani bekor qilishga) 18 oy davomida tayyorgarlik ko‘rilgani haqida ishonchli ma’lumotlar bor», – dedi elchi The Sydney Morning Herald nashriga bergan intervyusida.
Teboning aytishicha, Avstraliya Mudofaa vaziri Piter Datton shartnomaning buzilishi haqida OAVda xabarlar taqalganidan keyingina fransiyalik hamkasbi bilan bog‘langan. Shuningdek, u Avstraliya bilan kattaroq loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilganini aytib, hozirgi vaziyatda Fransiyaning orqasidan pichoq sanchilganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya, Britaniya va AQSH 15 sentabr kuni xavfsizlik sohasida yangi hamkorlik – AUKUSga asos solinganini e’lon qildi. Hamkorlik doirasida Avstraliya Amerika texnologiyasi yordamida sakkizta atom suvosti kemasi quradi. Buning uchun esa Fransiya bilan tuzilgan yirik shartnoma bekor qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi