14:28 / 21.09.2021
2 351

Qozog‘istonlik erkak sud ijrochilari va politsiyachilarni otib tashladi

Qozog‘istonlik erkak sud ijrochilari va politsiyachilarni otib tashladi
Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Olmaota shahrida 20 sentabr, dushanba kuni xususiy uylardan birida yashovchi erkak uni sud qaroriga muvofiq majburan ko‘chirib yuborishga uringan sud ijrochilarini o‘qqa tutdi, oqibatda ikki nafar politsiyachi va yana uch kishi halok bo‘ldi, deb yozadi «RBK».

«Ushbu uyda istiqomat qiluvchi 1967 yilda tug‘ilgan erkak tajovuz ko‘rsatib, sud ijrochilari, politsiya uchastka inspektorlari va Favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlariga qarata o‘qotar quroldan o‘t ochdi», — deyiladi shahar politsiyasi matbuot xizmati bayonotida.

Tengrinews portali qayd etishicha, otishma natijasida ikki nafar politsiya ofitseri — kapitan va mayor halok bo‘lgan.

«Besh kishi, shu jumladan, ikki politsiyachi o‘z xizmat majburiyatlarini bajarayotgan paytda o‘qotar quroldan jarohat olib, vafot etdi», — deyiladi nashr xabarida.

O‘t ochgan shaxs qo‘lga olingan, huquq-tartibot organlari ish bo‘yicha tergov boshladi.

Fojia yuz bergan Alatau tumani rahbari Azamat Kaldibekov OAVga o‘t ochgan shaxs qo‘lga olinganini tasdiqladi. «Tergovdan keyin rasmiy vakillar to‘liq ma’lumot beradi. Men oshkor eta olmayman», — deya qo‘shib qo‘ydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik erkak sud ijrochilari va politsiyachilarni otib tashladi