22:39 / 22.09.2021
2 587

Tramp jiyani va The New York Times gazetasini sudga berdi

Tramp jiyani va The New York Times gazetasini sudga berdi
Foto: EPA
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp The New York Times gazetasida 2018 yilda chop etilgan maqola sababli gazetani va jiyani Meri Trampni sudga berdi, deb yozadi Associated Press.

Nyu-York shtati sudiga berilgan da’voda Meri Donald Trampning soliq deklaratsiyasini oshkor qilib, kelishuvni buzganlikda ayblanmoqda. Deklaratsiyani Meri sobiq prezidentning otasi Fred Trampning mulkiga oid bahsda qo‘lga kiritgan.

The New York Times’da chop etilgan maqolada ta’kidlanishicha, Tramp har doim ta’kidlaganidan farqli o‘laroq o‘z boyligini o‘zi ishlab topmagan. Gazetaning manbalarga tayanib yozishicha, Donald Trampning otasi, tadbirkor Fred Tramp, jumladan, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalari orqali o‘g‘liga 413 million dollar o‘tkazgan.

Meri o‘zining Tramplar oilasi haqida nashr etgan kitobida u The New York Times uchun manba bo‘lib berganini ta’kidlaydi. Trampning da’vosiga ko‘ra, Meri Tramp, The New York Times va gazeta jurnalistlari unga qarshi «shaxsiy xusumatda bo‘lgan» va siyosiy kun tartibini ilgari surishni istagan.

Donald Tramp jiyanini 2001 yildagi kelishuv shartnomasini buzganlikda ayblamoqda, unga ko‘ra Meri Donald Trampning moliyaviy holati haqidagi ma’lumotlarni hech kimga bermasligi kerak edi.

Sobiq prezident jurnalistlarni, taqiq haqida bila turib ham shaxsiy manfaatlari uchun bu ma’lumotni olishda jiyanidan foydalanganlikda aybladi.

Tramp o‘z da’volarida 100 million dollar tovon talab qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp jiyani va The New York Times gazetasini sudga berdi