09:50 / 24.09.2021
1 839

Liviya: Xalifa Haftar endi prezident bo‘lmoqchi

Liviya: Xalifa Haftar endi prezident bo‘lmoqchi
Liviya sharqidagi qurolli kuchlarning qo‘mondoni Xalifa Haftar 24 dekabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan prezident saylovida nomzod bo‘lish uchun harbiy lavozimlardan vaqtincha iste’fo berganini ma’lum qildi.

Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Abdurazzoq Nazuriy bugundan e’tiboran 24 dekabrgacha Haftarning o‘rniga bosh qo‘mondon vazifasini bajarib turadi. Shu tariqa Haftar prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar u saylovda mag‘lubiyatga uchrasa, Vakillar palatasi (parlament) saylov to‘g‘risida bir tomonlama qabul qilgan qonunga binoan harbiy lavozimga qayta oladi.

BMT Liviyada Prezident kengashi va Milliy birdamlik hukumatini qonuniy hukumat deb tan oladi, Prezident kengashi raisi Muhammad Manfiy esa Liviya armiyasining bosh qo‘mondoni hisobladi. Ammo Xalifa Haftar bu hukumatni tan olmaydi va shu paytgacha Liviya milliy armiyasi deb ataluvchi qurolli kuchlarning qo‘mondoni bo‘lib keldi. Vakillar palatasi Haftarni qo‘llab-quvvatlab keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Liviya: Xalifa Haftar endi prezident bo‘lmoqchi