19:14 / 24.09.2021
3 123

Skoda Kodiaq’ning tom qismiga vertolyot qo‘ndirildi (video)

Skoda Kodiaq’ning tom qismiga vertolyot qo‘ndirildi (video)
Foto: Skoda
Skoda kompaniyasi markaning Mlada-Boleslav shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan Robinson Helicopter Session 2021 vertolyot ko‘rgazmasiga bag‘ishlangan videorolikni e’lon qildi. Mutaxassislar tom qismini haqiqiy vertolyot maydonchasiga aylantirgan, yangilangan Kodiaq krossoveri tadbirning asosiy qismidan o‘rin oldi. Unga 500 kilogrammli Robinson R22 vertolyoti qo‘nishni amalga oshirgan, deb xabar beradi Motor.

E’lon qilingan video Top Gear teleko‘rsatuvidagi epizodlardan biriga ishora hisoblanadi. 2011 yilda harakatlanayotgan Skoda Yeti’ning tom qismiga ikki o‘rindiqli vertolyot qo‘nishni amalga oshirgandi. O‘sha vaqtda Chexiya krossoverini Jeremi Klarkson (avtomobil mavzusiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvlari bilan tanilgan jurnalist) boshqargan. Oradan o‘n yil o‘tgach, kompaniya vakillari tryukni takrorlashga urindi. Bu safar vertolyot maydonchasi sifatida harakatsiz turgan yangilangan Kodiaq modeli tanlangan.

Skoda xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, tryukni amalga oshirish maqsadida muhandislar krossoverning orqa «podveska»si old o‘q bilan muvozanatlashishi uchun kuchaytirgan. Shu bilan birga, mutaxassislarning ta’kidlashicha, Kodiaq’ning zavoddan chiqqan modifikatsiyasi texnik aralashuvlarsiz ham og‘irligi 500 kilogrammdan ortiq bo‘lgan Robinson R22 ni ko‘tara oladi. Bundan tashqari, avtomobil tomidagi reylinglar o‘rniga qisman yog‘ochdan ishlangan 100 kilogrammli platforma o‘rnatilgan.

Tayyorgarliklar yakunlangach, Yan Chermak ismli uchuvchi hech qanday muammosiz krossover platformasiga qo‘nishni amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning oktabrida Skoda Kodiaq ikkita komplektatsiyada O‘zbekistonda ham taqdim etilgandi. 2021 yil boshidan buyon mamlakatda 500 dona Skoda Kodiaq sotilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Skoda Kodiaq’ning tom qismiga vertolyot qo‘ndirildi (video)