10:46 / 25.09.2021
3 882

Hindistonlik taniqli jinoyatchi sud zalida otib o‘ldirildi

Hindistonlik taniqli jinoyatchi sud zalida otib o‘ldirildi
Foto: AP Photo / Mukhtar Khan
Taniqli jinoyatchi Jitender Gogi Dehlidagi sud zalida otib o‘ldirildi. Dehli politsiyasi komissari Rakesh Astananing ma’lum qilishicha, qotillar sud binosiga advokatlar qiyofasida kirib olishgan.

Jitender Gogi, qator jinoyatlarga daxldorlikda gumon qilinib, o‘tgan yili «Tixar» qamoqxonasiga keltirilgandi. «Tillu to‘dasi» nomi bilan tanilgan jinoiy guruh Gogini o‘ldirishga qasd qilgani ma’lum bo‘lgach, politsiya uning xavfsizligini ta’minlash uchun kasalxonada o‘lgan, deya xabar tarqatgandi. Biroq hiyla ish bermadi, juma kuni sud zaliga keltirilgan Gogi guvohlar va sudyaning ko‘z o‘ngida otib tashlandi.

«Raqobatchi guruhning ikki a’zosi sud binosi ichida Jitender Gogiga o‘q uzishdi... Politsiya tezkor harakatlanib ikki qotilni o‘ldirdi. Gogini qo‘shganda jami uch kishi halok bo‘ldi», — dedi Astana NDTV telekanaliga bergan intervyusida.

«Sud binosidagi metall qidirgich ishlaganmi-yo‘qmi, buni hali aniqlaymiz, hozircha bunga izoh berolmayman. Surishtiruvni boshladik, o‘q uzishga daxldor hech kimni ayab o‘tirmaymiz», — dedi u.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik taniqli jinoyatchi sud zalida otib o‘ldirildi