Foto: Getty Images
Taniqli biznesmen, Tesla va SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask qallig‘i — qo‘shiqchi Grayms (haqiqiy ismi Kler Elis Bushe) bilan ajrashdi. Milliarder kenja o‘g‘lining onasi bilan endilikda birga emasligini shaxsan tasdiqlagan, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
«Biz qisman ajrashdik, ammo oldingidek bir-birimizni yaxshi ko‘ramiz, tez-tez ko‘rishib turamiz va yaxshi munosabatdamiz», — deydi Mask.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Mask Texasda ishlab, tez-tez xorijiy safarlarni amalga oshirmoqda, Grayms esa Los-Anjelesda yashayapti.
Eslatib o‘tamiz, juftlik haqida birinchi bor 2018 yilning mayida xabarlar tarqalgan edi. Oradan ikki yil o‘tgach, ular o‘g‘illi bo‘ldi va unga X Æ A-Xii deya ism qo‘ydi. Graymsning so‘zlariga ko‘ra, mazkur ismdagi X — noma’lum o‘zgaruvchi, Æ — Graymsning aytishicha, bu belgi elflar tilida sun’iy ong ma’nosini beradi, shu bilan birga, sevgi so‘zi ham shunday yoziladi, A-12 — juftlikning sevimli samolyoti — Lockheed A-12 hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?