Bangladesh bosh vaziri Shayx Hasina Myanmaning Arakan shtatilik musulmon rohinjalarin vataniga qaytarish zarurligini ta’kidladi, deya xabar bermoqda «Anadolu».
Bosh vazir qochqinlarning Myanmaga xavfsiz shaklda qaytarish uchun xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qariyb 1,2 million qochqin rohinjaning ta’minoti Bangladeshga og‘irlik qilyapti.
«So‘nggi to‘rt yil davomida xalqaro hamjamiyatning yordamidan umid qildik, biroq chaqiriqlarimiz e’tiborga olinmadi», – dedi Shayx Hasina.
Shuningdek, u arakanlik qochqinlar masalasining hal etilmaganligi kollektiv xavfsizlik uchun tahdid ekanligini va mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirishi mumkinligini ta’kidladi. Bangladesh bosh vaziri rohinjalarga nisbatan vahshiyliklar sodir etganlar albatta jazolanishi zarurligini, bunday jinoyatlar hech qachon javobsiz qolmasligi kerakligini ham aytib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, musulmon rohinjalar Myanmadagi zulmlar va shafqatsizliklar tufayli qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tgan. BMT rohinjalar masalasida Myanmani etnik tozalashda ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?