09:49 / 26.09.2021
1 890

Olimlar «Eynshteyn halqasi» galaktik hodisasining paydo bo‘lish sababini topdi

Olimlar «Eynshteyn halqasi» galaktik hodisasining paydo bo‘lish sababini topdi
Foto: ESA / Hubble & NASA
Tadqiqotchilar «Eynshteyn halqasi» nomli kosmik hodisaning suratlari yordamida uzoq galaktika bo‘yicha kutilmagan xulosalarga keldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Astronomlar suratdan galaktikagacha bo‘lgan 9,4 milliard yorug‘lik yili masofasini o‘lchashda foydalangan. Shu munosabat bilan galaktika kosmik evolyutsiyaning yulduz shakllanishidagi eng yuqori cho‘qqisida ekanini aniqlagan.

Suratda uzoqdagi galaktika makonning tortishish egriligi tufayli kattalashgan va buzilgani tasvirlangan. Yosh galaktikalarda yulduzlar to‘dasi shakllanishining favqulodda yuqori tezligi sabab u yerdagi yulduzlar ming marta tezroq «tug‘iladi». Olimlarning hisoblashicha, ushbu xulosa zamonaviy ulkan elliptik galaktikalarning tezroq shakllanishini tushunishga yordam beradi.

Ob’ektning halqasimon shakli gravitatsion linzalanish bo‘lib, unda uzoq galaktikadan tushayotgan yorug‘lik ob’ektning manbasi va uning kuzatuvchisi gravitatsiyasi ta’sirida egiladi. Effekt birinchi bor 1912 yilda Albert Eynshteyn tomonidan ochilgan, keyin esa umumiy nisbiylik nazariyasiga kiritilgan.

Galaktikaning fizik xususiyatlarini o‘rganish uchun astronomlar galaktika tasviridagi linzalar effektini aniq modellashtirishi kerak bo‘lgan.

«Bu kabi modelni faqatgina Hubble teleskopi yordamida olish mumkin edi. Xususan, Hubble takrorlanuvchi to‘rtta tasvirni va linzalangan galaktikadagi yulduzlar to‘dasini aniqlashga yordam berdi», — deydi Ispaniyadagi Kartaxena politexnika universitetining yetakchi tadqiqotchisi Anastasio Dias-Sanches.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar «Eynshteyn halqasi» galaktik hodisasining paydo bo‘lish sababini topdi