10:47 / 26.09.2021
1 957

Germaniyada Merkel portreti aks etgan oltin tangalar chiqarildi

Germaniyada Merkel portreti aks etgan oltin tangalar chiqarildi
Foto: «MIR 24»
Germaniyada kansler Angela Merkelning 16 yillik davri tugaganini xotirlash maqsadida siyosatchi tasviri tushirilgan sof oltindan tangalar chiqardi, deya xabar berdi «RIA Novosti».

Tangalar va qimmatbaho metallar bilan shug‘ullanuvchi onlayn-do‘konlar 50 yevroga esdalik sovg‘ani taklif qilishmoqda. Tanga 999 karatli oltindan tayyorlangan, vazni 0,58 g, o‘lchami 12,5 mm.

Nodir tanganing egalari kam bo‘ladi — u 5 ming nusxada zarb qilingan. Esdalik sovg‘ada Merkel mamlakatni boshqargan yillar qayd etilgan — 2005 yildan 2021 yilgacha.

Ta’kidlash joizki, Angela Merkelning muxlislari Germaniyada bozorga yaqinda kirib kelgan siyosatchi shaklidagi o‘yinchoqlarni, shuningdek kansler boshi ko‘rinishidagi marsipanlarni xarid qilishlari mumkin.

26 sentabrda Germaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Angela Merkel o‘z nomzodini ilgari surmagan. CSU hukmron partiyasi Armin Lashet tomonidan taqdim etilgan. Biroq, so‘rov natijalariga ko‘ra, Olaf Shols boshchiligidagi sotsial-demokratlar hali ham saylovoldi poygasida oldinda borishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada Merkel portreti aks etgan oltin tangalar chiqarildi