20:15 / 26.09.2021
2 162

Muhojir ayoliga shilqimlik qilgan shifokorni kaltakladi

Muhojir ayoliga shilqimlik qilgan shifokorni kaltakladi
Nijnevartovskda (Xanti-Mansi avtonom okrugi) Bahriddin Azimov ismli muhojir rafiqasining tanasini ochishga majbur qilgan shifokorni kaltaklagan.

«Umuman olganda, men ilgari hijobli bemorlar bilan ishlaganman, men uchun odatdan tashqari narsa emas. Tekshiruv uchun men undan qo‘llarini, oyoqlarini va qornini ko‘rsatishini so‘radim. U har biriga 10 santimetr yalang‘och bo‘lishi kerak edi. 30 daqiqadan so‘ng, uning eri “sen ayollarning qorinlariga qarashni yoqtirasanmi?” deb qichqirib, kabinetimga kirdi”, degan kaltaklangan shifokor.

Shifokorni kaltaklagan tojikistonlik migrantning ismi Bahriddin Azimov, u 29 yoshda. Uning aytishicha, shifokor Jirnokleyev uning rafiqasiga klinikada ayol dermatolog yo‘qligini aytgan. Bemor tekshiruvdan bosh tortmoqchi bo‘lgan, ammo shifokor sertifikatsiz ishda muammolarga duch kelishini aytib, uni yechinishga majbur qilgan. So‘ng “shunday chiroyli badanni qopning ichida boshqalardan yashirib yurish kerak emas”, degan. Azimov bunday so‘zlarni haqorat deb bilgan va o‘zini tuta olmagan.

Hodisa yuzasidan «Zo‘ravonlik bilan bezorilik» moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, materiallar militsiyadan tergov qo‘mitasiga o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muhojir ayoliga shilqimlik qilgan shifokorni kaltakladi