08:30 / 27.09.2021
4 686

«Bizga 20 oy beringlar»: Tolibon Tojikistonni ayblamoqda

«Bizga 20 oy beringlar»: Tolibon Tojikistonni ayblamoqda
Foto: «Tengrinews.kz»
«Tolibon» harakati siyosiy idorasi rahbari, Afg‘oniston hukumati rahbari o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar Tojikistonni mamlakat ichki ishlariga aralashishda aybladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Tojikiston bizning ishlarimizga aralashmoqda. Har bir harakatga qarshi harakat bor», — deydi Barodar.

Avvalroq Tolibon xalqaro hamjamiyatdan Afg‘onistondagi hukmronligi to‘g‘risida xulosa chiqarishdan oldin ularga 20 oy vaqt berishini so‘ragandi.

«Jahon hamjamiyati avvalgi hukumatga 20 yil yordam berdi, lekin ular baribir muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Bizga atigi 20 oy vaqt bersin, keyin muvaffaqiyat qozondikmi yoki yo‘qmi, hukm qilsin», — dedi muvaqqat hukumat iqtisodiyot vaziri Qori Din Muhammad Hanif.

AQSH qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib keta boshlagach Tolibon hujumga o‘tdi. 15 avgustda toliblar mamlakatning butun hududini nazorat ostiga olishganini e’lon qilishdi. 7 sentabrda ular yangi hukumat tarkibini e’lon qilishdi.

«RIA Novosti»ning yozishicha, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Afg‘onistonda barcha milliy ozchiliklar, shu jumladan, tojiklar ishtirokida inklyuziv hukumat tuzilishini talab qilgan. Dushanbening bayonotiga ko‘ra, «zulm yo‘li bilan tuzilgan» hech qanday vazirlar mahkamasi tan olinmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Bizga 20 oy beringlar»: Tolibon Tojikistonni ayblamoqda