Foto: «Rg.ru»
Italiyalik fermerlar Toskandagi qovoq festivalida og‘irligi 1226 kilogramm keladigan dunyodagi eng yirik sabzavotni taqdim etishdi. Bu haqda Lo Zuccone madaniy birlashmasi tadbir tashkilotchisi Facebookda xabar berdi.
Rekordchi qovoq uch kun davom etgan Big Pumpkin Festival bayramiga olib kelingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ulkan sabzavot avtoyuklagich yordamida tarozi platformasiga yuklanayotgani aks etgan. Festival ishtirokchilari qovoq bilan birga suratga tushish baxtiga muyassar bo‘lishdi: «yangi jahon rekordi bizniki» yozuvli fotosuratda atrofini o‘nlab erkaklar o‘rab olgan.
il Messaggero gazetasi yozishicha, bunday hajmdagi qovoqni yetishtirish uchun fermerlar genetik chatishtirishlariga to‘g‘ri kelgan. Endi festival tashkilotchilari va bahaybat qovoqni yetishtirgan fermerlar Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan o‘z rekordlarining tasdiqlanishini kutishmoqda.
Amaldagi jahon rekordi belgiyalik Matias Villeminsga tegishli bo‘lib, u 2016 yilda og‘irligi 1190,5 kilogramm bo‘lgan sabzavotni qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi