Leningrad viloyatida pensioner ayolni 500 ming rublga chuv tushirgan chet el fuqarolari qo‘lga olindi.
"Rossiya Ichki ishlar vazirligi Leningrad viloyati boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari qo‘shni davlatlardan birining fuqarosi bo‘lgan 27 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni qo‘lga olishdi”, - deyilgan xabarda. Ular ayoldan dacha tomini ta’mirlash uchun pul olib, ishni bajarmasdan qochib ketishdi.
Migrantlar ayolga Volxovskiy tumani Glinka qishlog‘idagi dacha tomini ta’mirlashni taklif qilishgan va 500 ming rubl miqdoridagi avans to‘lovini olishgan. Shundan so‘ng ular g‘oyib bo‘ldi. Ayol politsiyaga murojaat qildi. Tergovchilar Jinoyat kodeksining 159 -moddasi 3 -qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atishdi.
“Firibgarlar ayolni aldagandan so‘ng qo‘lga tushishdan qo‘rqib, darhol o‘z vatanlariga jo‘nab ketishdi. Biroq biroz kutib, jinoiy faoliyatini davom ettirish uchun yana Rossiyaga qaytib kelishdi”, - deyilgan xabarda.
Hozirda uch nafariga nisbatan “yashash joyini tark etmaslik va munosib xulq atvorda bo‘lish" tilxat shaklida ehtiyot chorasi qo‘llanildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!