09:00 / 11.10.2021
2 720

"Putinga tiz cho‘kish kerak": inglizlar Rossiya gazini olish usulini topishdi

"Putinga tiz cho‘kish kerak": inglizlar Rossiya gazini olish usulini topishdi
Britaniyaning Express nashri o‘quvchilari gaz inqirozi sharoitida Yevrokomissiya harakatlarini tanqid ostiga olishdi va yoqilg‘i bilan bog‘liq muammoga yechim topganini ma’lum qilishdi.

Nashr Yevropada gaz narxi yuqorilab ketishi tufayli yuz bergan inqirozga va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayenning qiyinchiliklarni yengishga qaratilgan harakatlariga bag‘ishlangan maqolani chop etgan. Maqola gazeta o‘quvchilari o‘rtasida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi.

"Rossiya o‘z e’tiborini so‘nib borayotgan Yevropa Ittifoqiga emas, balki jadal rivojlanayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga qaratmoqda. O, Xudo, Bryussel bugun ahamiyatsiz kuchga aylanib qolgan", - deya fikr bildirgan Freedom now.

"Bu fon der Lyayen deganlari Putin oldida tiz cho‘ksin", - degan FoxyStar.

"Rossiya qishi Yevropadagi eng qattiq qishlardan biri, uylarni isitish uchun unga gaz kerak. YEI esa uylarni o‘zining quruq safsatalari bilan isitishi mumkin", - deya iddao qiladi Pished.Artist.

"Savolning javobi juda oddiy: "Shimoliy oqim - 2"ni sertifikatlang, Yevropaga gaz yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarni hal qilishning birgina yo‘li shu", - deydi Linguist.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin chorshanba kuni energetika bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi, unda Yevropa gaz bozoridagi narxlarga katta e’tibor qaratildi. Xususan, davlat rahbari "Gazprom" shartnoma majburiyatlarini bajarayotgani va bajarishda davom etishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u bozorda, masalan, Sankt -Peterburg fond birjasida taklifni ehtiyotkorlik bilan oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Gollandiyaning TTF indeksiga ko‘ra, Yevropaning ko‘k yoqilg‘i bozoridagi hozirgi narxi chorshanba kuni rekord qiymatga yetdi - har ming kubometr uchun 1937dollarni tashkil etdi, biroq payshanba kuni tusha boshladi va 1000 dollardan pastga tushib ketdi. Shundan so‘ng, gaz narxi biroz ko‘tarildi va Moskva vaqti bilan 18.00 da 1161 dollarga baholandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Putinga tiz cho‘kish kerak": inglizlar Rossiya gazini olish usulini topishdi