15:04 / 13.10.2021
2 140

Braziliya prezidenti insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda

Braziliya prezidenti insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda
Foto: Reuters
Bir guruh huquqshunoslar va ilmiy ekspertlar Xalqaro jinoyat sudiga Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru ustidan da’vo arizasi topshirdi. Ular prezidentni Amazoniya o‘rmonlarini yo‘q qilishda va «insoniyatga qarshi jinoyatlar»da ayblagan.

Avstriyaning Allrise ekologik adolat kampaniyasi faollari Gaaga sudiga rasmiy shikoyat bilan murojaat qildi. Ular Bolsonaru va uning ma’muriyatiga qarshi «butun dunyodagi iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan» harakatlar bo‘yicha ish qo‘zg‘atishni so‘ragan.

Da’voda Braziliya rahbari tabiat himoyachilarining o‘limiga sabab bo‘lgan keng miqyosli kampaniyani olib borayotganlikda va o‘rmonlarni kesish natijasida yuzaga kelayotgan chiqindilar bilan dunyo aholisiga xavf solayotganlikda ayblangan.

Qayd etilishicha, Bolsonaru har yili qariyb 400 ming gektar o‘rmonlarning yo‘q qilinishi uchun javobgar, u 2019 yil 1 yanvarda lavozimiga kirishganidan buyon o‘rmonlar kesilishi 88 foizga tezlashgan.

«Bolsonaru ma’muriyati Amazoniyani himoya qilishga chaqirilgan qonunlar, muassasalar va alohida shaxslarni muntazam ravishda chetga surgan, kuchsizlantirgan va yo‘q qilgan», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, bir guruh ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, Bolsonaru ma’muriyatining o‘rmonlarni ayovsiz kesishi tufayli hosil bo‘layotgan chiqindilar ushbu asrda dunyoda issiqlik sabab 180 mingdan ortiq kishining o‘limiga sabab bo‘ladi.

Ta’kidlash joizki, Amazoniyada yillik issiqxona gazlarining ajralib chiqishi va sanoat qishloq xo‘jaligi chiqindilari Italiya yoki Ispaniyadagi yillik chiqindilardan oshib ketadi. Mintaqadagi o‘rmonlarning katta miqdorda kesilishi tufayli Amazoniyaning qolgan qismi yuta oladiganidan ko‘ra ko‘proq karbonat angidrid atmosferaga chiqmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliya prezidenti insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanmoqda