16:50 / 15.10.2021
1 800

Tbilisida norozilik mitingi. Saakashvilini ozod etish talab etilmoqda

Tbilisida norozilik mitingi. Saakashvilini ozod etish talab etilmoqda
Tbilisi markazidagi Ozodlik maydonida Gruziyaning hibsda saqlanayotgan sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining tarafdorlari tomonidan uni ozod qilishni talab qilib, miting o‘tkazildi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Miting sobiq davlat rahbari tomonidan asos solingan muxolifatdagi Birlashgan Milliy Harakati tomonidan uyushtirilgan. Boshqa muxolif partiyalar namoyishda ishtirok etishni rejalashtirmagan.

Poytaxtning markaziy maydoni odamlar bilan to‘lgan, xabarlarga qaraganda mitingda 50 mingga yaqin odam qatnashgan.
Ukrainada yashagan Saakashvili 1 oktabrda Tbilisida hibsga olindi va Rustavi shahridagi qamoqxonaga joylashtirilgan.

U bir nechta jinoiy ishlarda, jumladan bankir Sandro Girgvlianining o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilining kaltaklanishi bilan bog‘liq ishlarda ayblanmoqda. Birinchi holda, u sirtdan uch yilga, ikkinchisida - olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Bundan tashqari, Saakashvili 2007 yil 7 noyabrdagi muxolifat mitingining tarqatilishi, «Imedi» telekompaniyasiga hujum va davlat budjetidan mablag‘ o‘zlashtirilishi holatlarida ham ayblangan.

Hukumat, shuningdek, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish bo‘yicha ham ish ochgan.

Saakashvili Ukraina fuqaroligiga ega. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy siyosatchini mamlakatga qaytarish bilan shaxsan shug‘ullanishga va’da bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tbilisida norozilik mitingi. Saakashvilini ozod etish talab etilmoqda