17:30 / 15.10.2021
1 976

Afg‘onistonda yana terakt sodir etildi

Afg‘onistonda yana terakt sodir etildi
Afg‘onistonning Qandahor shahridagi "Imom Borgoh" shialar masjidida terakt sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda TOLOnews.

Terakt juma namozi o‘qilayotgan payt yuz bergan – xudkush hujumchi o‘zini portlatib yuborgan. Xabarda aytilishicha, qurbonlar soni ko‘p, biroq ayni paytda aynan necha kishi halok bo‘lgani va yaralangani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Teraktni hozircha hech bir guruh o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan juma kuni Qunduz shahridagi shialar masjidida ham juma namozi paytida terakt yuz bergan edi. Ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida kamida 150 kishi halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda yana terakt sodir etildi