10:54 / 16.10.2021
2 905

Qandahordagi masjidga terroristlar qanday kirib borgani ma’lum qilindi

Qandahordagi masjidga terroristlar qanday kirib borgani ma’lum qilindi
Kecha, 15 oktabr kuni Afg‘onistonning Qandahor provinsiyasida joylashgan shialar masjidida juma nomozi vaqtida portlash sodir bo‘ldi. Hudkushlik oqibatida dastlab yetti kishi hayotgan ko‘z yumgani aytilgandi. Biroq keyinchalik qurbonlar soni juda ko‘p bo‘lgani ochiqlandi.

Terrorchilar Qandahordagi Imom-Bargoh masjidiga qanday kirib olishgan?

Aamaj News xabar berishicha, terakt qurbonlaridan birining qarindoshi hujum qanday bo‘lganini aytib bergan.

Unga ko‘ra, terrorchilar uch nafar bo‘lgan, ulardan biri masjidga kiraverishda qo‘riqchini o‘qqa tutgan, yana ikki kishi o‘z hududidagi shaxslarga o‘q uzgan, keyin ular masjidga kirib o‘zlarini portlatishgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 70 kishiga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, bir hafta ilgari juma nomozi vaqtida Qunduz viloyatidagi masjidda portlash bo‘lgandi. Unda yuz kishi qurbon bo‘lgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qandahordagi masjidga terroristlar qanday kirib borgani ma’lum qilindi