00:18 / 17.10.2021
1 973

Quyosh tizimidagi odamlar yashashi mumkin bo‘lgan yo‘ldoshlar ro‘yxati e’lon qilindi

Quyosh tizimidagi odamlar yashashi mumkin bo‘lgan yo‘ldoshlar ro‘yxati e’lon qilindi
Quyosh tizimidagi potensial jihatdan odamlar yashashi mumkin bo‘lgan yo‘ldoshlar nomi e’lon qilindi. Bu haqda «Populyarnaya mexanika» NASA astrobiologi Kristofera Makkeyga asoslanib xabar berdi.

Ro‘yxatda dastlabkilar o‘zimizning Oy hamda Yupiterning yo‘ldoshi — Yevropa. Quyosh tizimidagi eng ulkan sayyoraning ushbu yo‘ldoshi muzlik bilan qoplangan, uning ostida okean mavjudligi taxmin qilinyapti. Bunga NASA 2025 yildan boshlanadigan o‘quv sinovlaridan keyin oydinlik kiritishga urinib ko‘radi.

Ro‘yxatda Saturn yo‘ldoshlaridan biri Titan ham bor, biroq uning sirtidagi harorat -179 daraja sovuq, unda yashash uchun maxsus kiyimlar kerak, oziq-ovqat esa sun’iy yorug‘lik vositasida yetishtiriladi.

Uzoq Uranning eng kichik yo‘ldoshi Miranda ham yashash uchun yaroqli, deya taxmin qilinyapti. Biroq bu yer Titandan ham battar — atmosferasi yo‘q, odamlar nurlanish (radiatsiya)dan himoyalanishni o‘rganib olishlariga to‘g‘ri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quyosh tizimidagi odamlar yashashi mumkin bo‘lgan yo‘ldoshlar ro‘yxati e’lon qilindi