16:14 / 17.10.2021
1 632

Qozog‘istonda ayollar uchun alohida vagonlari bo‘lgan poyezdlar ishga tushirildi

Qozog‘istonda ayollar uchun alohida vagonlari bo‘lgan poyezdlar ishga tushirildi
Foto: «Rail-news.kz»
Qozog‘istonda ayollar uchun alohida vagonlari bo‘lgan poyezdlar ishga tushirildi, deb yozadi Tengrinews.

Qirg‘iziston temir yo‘llari 10 oktabrdan Almati—Oskemen va Almati—Mang‘istov yo‘nalishlari bo‘yicha poyezdlardagi maxsus vagonlarga «ayollar chiptalari»ni sotish loyihasini ishga tushirdi. Loyiha talabga qarab boshqa yo‘nalishlarga ham joriy qilinadi.

Yo‘lovchilarga oddiy vagon yoki ayollar uchun alohida vagonni tanlash huquqi beriladi. Vagonlar ko‘rinishidan oddiylaridan farq qilmaydi, ular uchun chiptalar narxi ham Qozog‘iston temir yo‘llari standart tariflari bo‘yicha shakllantiriladi.

Ayollar uchun maxsus vagonlarga rasmiylashtirilgan chiptalarda «JN» (jenskiy) belgisi bo‘ladi.

Keyinroq Qozog‘iston temir yo‘llari departamenti direktorining ma’lum qilishicha, vagonga 7 yoshgacha o‘g‘il bolalarni o‘zi bilan olish mumkin. Shuningdek, vagonda faqat ayol provodniklar xizmat ko‘rsatadi. Boshqa jihatdan esa hech qanday farqlar bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda ayollar uchun alohida vagonlari bo‘lgan poyezdlar ishga tushirildi