20:06 / 18.10.2021
2 063

Niderlandiyada masjidlar va musulmonlar maxfiy ravishda kuzatilgan

Niderlandiyada masjidlar va musulmonlar maxfiy ravishda kuzatilgan
Niderlandiyada bir qancha hokimliklar musulmonlar va masjidlarni kuzatish uchun xususiy kompaniyalarga yuz minglab yevro to‘lagani ma’lum bo‘ldi.

NRC Handelsblad nashrining yozishicha, Rotterdam, Almere, Xeyzen, Delft, Ede va yana bir nechta hokimlik maxfiy ravishda tekshiruv o‘tkazish uchun 300 ming yevroga yaqin pul sarflagan. Masalan, Nuance Door Training en Advies firmasi xodimlari o‘zlarini musulmon qilib ko‘rsatib, masjidlarga borgan hamda imomlar va musulmonlarning boshqa yetakchilari haqida ma’lumot to‘plashga uringan.

Utrext hokimligi esa maxfiylik vajidan va tekshiruvni olib borish usul ma’qul kelmagani uchun bu amaliyotgan voz kechgan.

Hokimliklar hukumatning mamlakatdagi radikallashuv haqidagi hisobotidan norozi bo‘lgan va shu sababli o‘zlari alohida tekshiruv o‘tkazishga qaror qilgan. Musulmonlarning SPIOR tashkiloti hokimliklarning bu ishini «islomofobiya» deb atadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiyada masjidlar va musulmonlar maxfiy ravishda kuzatilgan