18:41 / 19.10.2021
2 178

Nursulton Nazarboyev o‘z xalqidan uzr so‘radi

Nursulton Nazarboyev o‘z xalqidan uzr so‘radi
Foto: Abzal Kaliyev / RIA Novosti
Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev o‘zi haqida tayyorlangan film-intervyuda xalqdan uzr so‘radi. Bu haqda uning matbuot kotibi Aydos Ukibay Tvitterida yozgan.

Ukibayga ko‘ra, Qozog‘istonning birinchi prezidenti xalqdan o‘z xatolari uchun kechirim so‘ragan. «Men hech qachon aytmagan narsani aytaman. Bu siz uchun sensatsiya bo‘ladi. Men xalqdan kechirim so‘rayman. Buni aytish juda qiyin»,— degan Nazarboyev boshidan kechirgan qiyinchiliklari haqida.

Bundan tashqari, sobiq prezident Qozog‘istonda korrupsiyada ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan bankir Muxtor Ablyazovning qochishi, shuningdek, Sharqiy Qozog‘iston viloyati hokimligini separatistlar tomonidan egallashga urinish haqida gapirgan. Separatistlar bu viloyatda «Rus yeri»ni tuzmoqchi edilar.

Birinchi prezident Qirg‘izistondagi inqiloblar natijasida qochgan ikki prezident — Asqar Akayev va Qurmanbek Bakiyevlarning samolyotlarining Qozog‘istonga uchib kelishini ham eslab o‘tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev o‘z xalqidan uzr so‘radi