20:00 / 19.10.2021
948

Toyota Supra’sini tanasi bilan do‘ldan himoya qilayotgan haydovchi (video)

Toyota Supra’sini tanasi bilan do‘ldan himoya qilayotgan haydovchi (video)
Kadr: TikTok
Jeyk Makgloyn ismli TikTok foydalanuvchisi derazadan turib olingan qisqa video bilan bo‘lishdi. Avstraliyaning Sidney shahrida istiqomat qiluvchi erkak Toyota Supra’ni do‘ldan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan missiyani tasvirga olishga muvaffaq bo‘lgan. Erkak avtomobilini himoya qilish uchun tabiiy ofatni o‘z tanasiga qabul qilgan, deb xabar beradi Motor.

Videodagi holat Jeyk Makgloyn yashaydigan uy oldida joylashgan avtoturargohda sodir bo‘lgan. Kadrda do‘l vaqti tanasi bilan kumushrang Toyota Supra’sini to‘sishga uringan noma’lum erkak tasvirlangan. Sportkar egasi noqulay ob-havo sharoitiga mashina old oynasini karton bilan, orqa qismini esa qora mato bilan yopish orqali tayyorgalik ko‘rgan. Ammo kuchli shamol himoya materiallarini ko‘tarib tashlagan. Avtomobiliga shikast yetmasligi uchun erkak tanasi bilan sportkarni to‘sgan.

Videorolik e’lon qilinganidan bir necha soat o‘tib, u 900 mingdan ortiq tomosha qilingan va 72 mingdan ziyod layk to‘plagan. Keyinroq sportkar egasi video ostidagi izohga mashinaga ham, o‘ziga ham shikast yetmaganini yozib qoldirgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari erkakni fidoiyligi uchun maqtab, keyingi safar himoya g‘ilofidan foydalanishni tavsiya qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Toyota Supra’sini tanasi bilan do‘ldan himoya qilayotgan haydovchi (video)