Foto: Getty Images
AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden reytingi davlat rahbari lavozimini egallaganidan 9 oy o‘tib 11,3 foizga, ya’ni 56 foizdan 44,7 foizgacha pasayib ketdi. Bu esa Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSHga rahbarlik qilgan prezidentlar orasida reytingning eng kuchli pasayishi hisoblanadi.
Baydengacha 9 oy ichida reytingning eng kuchli pasayishi Barak Obamada qayd qilingan va 10,1 foizni tashkil etgan. Jimmi Karterda ushbu ko‘rsatkich 8,9 foizni, Donald Trampda 4,4 foizni tashkil qilgan. Katta va Kichik Jorj Bushlarning reytingi esa bu davr davomida aksincha o‘sgan va mos ravishda 12 hamda 13,1 foizni tashkil qilgan.
So‘rovnomani o‘tkazgan jamoatchilik fikrini o‘rganish instituti Gallup’ning ta’kidlashicha, Bayden reytingining pasayishi AQSHda koronavirus bilan kasallanish darajasi yuqoriligi, amerikalik harbiylarning Afg‘onistondan olib chiqilishi va iqtisodiyotdagi muammolar bilan tushuntiriladi.
AQSHda o‘tkazilgan oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra, AQSHning amaldagi prezidentini qo‘llab-quvvatlash reytingi o‘rtacha 42,9 foizni tashkil qilmoqda. Jumladan, Baydenning faoliyatini o‘zini birorta partiyaga kiritmaydigan amerikaliklarning aksariyati qo‘llab-quvvatlamaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi