11:33 / 24.10.2021
1 456

Nigeriyada 837 nafar mahbus axloq tuzatish markazidan qochib ketdi

Nigeriyada 837 nafar mahbus axloq tuzatish markazidan qochib ketdi
Foto: today.ng
Nigeriyaning Oyo shtatida jangarilarning axloq tuzatish markaziga hujumidan so‘ng bu yerda saqlanayotgan 837 kishi qochib ketdi. Bu haqda Premium Times nashri xabar berdi.

«22 oktabr kuni tunda jangarilar Oyo shtatidagi axloq tuzatish markaziga hujum qilgan. Soqchilar bilan jangdan so‘ng ular devorning bir qismini dinamit bilan portlatishgan. Sudni kutayotgan 837 nafar mahbus qochib ketgan», — deb ma’lum qildi qamoqxonalar bo‘yicha vakil Olanrevaju Anjorin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qochib ketganlarning 262 nafari politsiya tomonidan ushlangan.

Sentabr o‘rtalarida Nigeriyadagi turmaga uyushtirilgan qurolli hujumdan keyin u yerdan 200dan ortiq mahbus qochib ketgani xabar qilingandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurollangan shaxslar yarim tunda turmaga hujum qilib, soqchilar bilan otishmaga kirishgan. Hujum vaqtida turmada 294 mahbus saqlangan va ulardan 240 nafari qochib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nigeriyada 837 nafar mahbus axloq tuzatish markazidan qochib ketdi