14:32 / 25.10.2021
942

Erondagi viloyatlardan birining gubernatoriga inauguratsiyasi vaqtida tarsaki tushirildi

Erondagi viloyatlardan birining gubernatoriga inauguratsiyasi vaqtida tarsaki tushirildi
Foto: theguardian.com
Eron viloyatlaridan birining gubernatori Obiddin Xurram o‘z inauguratsiyasi vaqtida noma’lum erkak tomonidan tarsaki yedi. Ushbu voqea videosini The Guardian nashri e’lon qilgan.

Xurram sahnadagi minbardan turib so‘zlayotganda, uning yoniga bir erkak ko‘tarilib, yuziga tarsaki tushirib qolgan. Vaziyatga qo‘riqchilar aralashib, erkakni olib ketishgan.

Ta’kidlanishicha, voqeadan keyin gubernator minbar yoniga qaytib, o‘z nutqini davom ettirgan. U hujum qilgan erkakni tanimasligini va uni kechirishini aytgan.

Bu orada The Guardian’ning IRNA axborot agentligiga tayanib xabar berishicha, siyosatchiga tarsaki tushirgan erkak Xurram rahbarlik qilgan “Ashuro” gvardiya korpusi a’zosi bo‘lgan. Agentlikning ma’lum qilishicha, erkak siyosatchiga “shaxsiy sabablarga” ko‘ra tarsaki tushirgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xurram gubernator lavozimini egallashidan oldin Islom inqilobi muhofizlari korpusining Sharqiy Ozarboyjon viloyatidagi kuchlariga qo‘mondonlik qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Erondagi viloyatlardan birining gubernatoriga inauguratsiyasi vaqtida tarsaki tushirildi