16:33 / 25.10.2021
1 894

«Tolibon» avvalgi hukumatning qulashidan taassufda

«Tolibon» avvalgi hukumatning qulashidan taassufda
Afg‘onistonda avvalgi hukumatning qulashi afg‘on xalqiga faqat zarar keltirdi. Bu haqda yakshanba kuni TOLOnews telekanaliga bergan intervyusida «Tolibon» harakati vakili Zabihulloh Mujohid aytib o‘tdi.

«Menimcha, rejimning qulashi Afg‘oniston xalqiga faqat zarar yetkazdi, chunki agar urush to‘xtatilganida va biz muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishganimizda, vaziyat hozirgidan yaxshiroq bo‘lardi. Natijada institutlarning qulashi va mamlakatdan odamlarning qochib ketishining oldini olish mumkin edi», – dedi u.

Bundan tashqari, Mujohid xalqaro hamjamiyatning «Tolibon» tomonidan tuzilgan hukumatning inklyuziv emasligi haqidagi ayblovlarini rad etdi.

«Agar biz turli xalqlarning ishtiroki haqida gapiradigan bo‘lsak, hozirgi hukumatga turli etnik guruhlarni kiritganmiz va ularga tegishli vakolatlar berilgan. Ayrim shaxslarni kiritish haqida gapirish esa noto‘g‘ri», – dedi Zabihulloh Mujohid.

U AQSHni moliyaviy yordamni to‘xtatganini tanqid qilar ekan, Vashington boshqa davlatlarni ham Afg‘onistondagi muvaqqat hukumatni tan olmaslikka undayotganini aytdi. «Bilamiz, buning ortida AQSH turibdi», – deya ta’kidladi «Tolibon» vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» avvalgi hukumatning qulashidan taassufda