17:02 / 25.10.2021
1 664

Latviya Mudofaa vaziri: «Rossiya bizga har tomonlama tahdid soladi»

Latviya Mudofaa vaziri: «Rossiya bizga har tomonlama tahdid soladi»
Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks «Rossiya tomonidan Boltiqbo‘yi davlatlariga solinayotgan tahdid har tomonlama qamrab olgan», degan. Pabriksning fikricha, «Rossiya har qanday zaiflik belgilaridan foydalanadi».

Payshanba kuni Bryusselda NATO mudofaa vazirlari «Rossiyaning bir necha jabhada mumkin bo‘lgan har qanday hujumidan himoyalanishning yangi bosh rejasi» bo‘yicha kelishib, «alyansning asosiy maqsadi Moskvani tajovuzdan tutib turish» ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Pabriksning ta’kidlashicha, ushbu yig‘ilishda NATO ittifoqining «xavfsizlik va to‘xtatuvchilik siyosati», jumladan, «Rossiyaning o‘sib borayotgan va xilma-xil tahdidiga qarshi harbiy vositalarni qo‘llash»ni ishlab chiqish bo‘yicha asosiy yetakchi tamoyillari qabul qilingan.

Avvalroq Artis Pabriks Rossiya va Belarusiya integratsiyasi Boltiqbo‘yi davlatlariga qo‘shimcha xavf tug‘dirishini aytgandi.

NATOning Bryusselda tasdiqlangan maxfiy strategiyasining maqsadi Boltiqbo‘yi va Qora dengiz mintaqalarida bir vaqtning o‘zida yadroviy qurol, kompyuter tarmoqlarini buzish va kosmosdan hujumlarni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan har qanday hujumga tayyorgarlik ko‘rishdir.

NATO diplomatlari «Yevroatlantika mintaqasida jilovlash va mudofaa konsepsiyasi» va uni amalga oshirish bo‘yicha strategik reja zarur, chunki «Rossiya zamonaviy qurol-yarog‘ tizimlarini ishlab chiqmoqda va alyans chegaralariga yaqinroqda qo‘shinlarini joylashtirmoqda» deb ta’kidlagan.

«Bu bayonot 2022 yil oxirigacha batafsilroq mintaqaviy rejalarni ishlab chiqishga yashil chiroq yoqadi, bu esa NATOga qanday qo‘shimcha qurollar kerakligini va o‘z kuchlarini qanday joylashtirishni hal qilish imkonini beradi», degan AQSH Mudofaa vazirligi rasmiysi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Latviya Mudofaa vaziri: «Rossiya bizga har tomonlama tahdid soladi»