08:46 / 26.10.2021
1 904

“Tolibon” ishchilarning maoshini bug‘doy bilan to‘laydi

“Tolibon” ishchilarning maoshini bug‘doy bilan to‘laydi
Afg‘onistonda kambag‘allarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha loyiha doirasida ishchilarga kuniga 10 kilogramm, muhandislarga esa 16,5 kilogram bug‘doy beriladigan bo‘ldi.

“Tolibon” boshqaruvidagi Taraqqiyot agentligi rahbari o‘rinbosari Riyoziddin Sharifiy "Anadolu" agentligiga bergan intervyusida “Ish evaziga bug‘doy” loyihasi doirasida 40 ming kishi ish bilan ta’minlanishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Afg‘oniston ayni damda iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan o‘tkazmoqda.

“Ish evaziga bug‘doy” loyihasi dastlab Kobul va uning atrofida, so‘ngra 34 viloyatda amalga oshiriladi. Kobul atrofidagi loyihada ishchilar zovur qaziydi.

Loyihadan ikki maqsad ko‘zda tutilgan. Birinchidan, ishsizlarni ish bilan ta’minlash. Ikkinchidan, Kobul yozda yerosti suvlari tanqisligidan aziyat chekadi yoki yomg‘ir yoqqanida shahar ko‘chalarini suv bosadi. Shu sababli biz poytaxt atrofidagi tog‘ va tepaliklarda chuqur qazib, sel yo‘llariga zovurlar qaziyapmiz. Bu bilan suv toshqinlarining oldini olamiz”, – dedi Sharifiy.

Uning aytishicha, davlat omborxonasida 55 ming tonna bug‘doy bor va bu bug‘doy ishchilarga maosh o‘rnida beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Tolibon” ishchilarning maoshini bug‘doy bilan to‘laydi