Britaniyalik keksa alpinist Nik Gardner 1200 kunda 1000 metrdan oshiq 282 ta Shotlandiya cho‘qqisini zabt etish harakatida.
Ayni paytda u 87 ta cho‘qqini zabt etgan. Uning maqsadi osteoporoz va alsgeymer bilan kasallangan odamlarga yordam beradigan Buyuk Britaniya xayriya tashkilotlari uchun pul yig‘ish. Aynan shu ikki kasallik bilan og‘rigan Nikning rafiqasi Janet kasalxonada kechayu kunduz parvarishga muhtoj.
Nik o‘z natijalarini Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarga muntazam joylashtirib boradi: «Bu maqsad meni biroz chalg‘itishga yordam berdi. Axir men nimadir qilishim kerak edi, aks holda aqldan ozgan bo‘lardim. Bobom toqqa chiqishni 80 yoshida boshlagan. Men uchinchi toqqa chiqqanimda tasodifan boshqa alpinistlar bilan gaplashib qoldim. Suhbatda men nega tog‘larga chiqishimni, maqsadimni aytganimda alpinistlar bunga ishona olmadilar. Ularga tinimsiz missiyam haqida gapirib turaman, xayr-ehsonlarning aksariyati alpinistlar tomonidan yig‘ilgan. Men allaqachon 30 ming funt sterlingdan ko‘proq pul yig‘dim, yakuniy maqsad esa 40 ming funt sterling».
Kundan kunga keksa alpinistning ezgu maqsadini qo‘llab-quvvatlayotganlarning safi kengaymoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?