13:00 / 27.10.2021
1 404

Xitoydagi butun boshli shahar kovid-karantinga olindi

Xitoydagi butun boshli shahar kovid-karantinga olindi
Foto: «Sinxua»
Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasining ma’muriy markazi — Lanchjou shahri yopiq boshqaruv shakliga o‘tkazildi. Bu haqda «Sinxua» axborot agentligi xabar berdi.

Shahar ma’muriyati bergan ma’lumotga ko‘ra, har bir turarjoy majmuasida bittadan kirish-chiqish joyi qoldiriladi. Shahar aholisining harakatlanishi, istisnoli holatlarni soqit qilganda, to‘liq nazorat qilinadi.

Ayni paytda Lanchjouda koronavirus bo‘yicha test olishning umumshahar uchinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Maktab va bog‘chalardagi odatiy ta’lim to‘xtatilgan. Oliy va o‘rta ta’lim muassasalari yopiq turdagi boshqaruvga o‘tkazilgan.

Cheklovlardan maqsad — kovid infeksiyasi tarqab ketishining oldini olish. Gansuda 18 oktabrdan 25 oktabrgacha 51 kishida koronavirus aniqlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoydagi butun boshli shahar kovid-karantinga olindi