16:54 / 16.11.2021
2 143

Bayden Rossiyaga qarshi kiritish taklif etilgan sanksiyalar paketini uch marta rad etdi

Bayden Rossiyaga qarshi kiritish taklif etilgan sanksiyalar paketini uch marta rad etdi
Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden joriy yilda Milliy xavfsizlik kengashi vakillari taklif etgan Rossiyaga nisbatan sanksiyalar paketini uch marta qaytardi. Bu haqda Politico gazetasi xabar bermoqda.

Gazeta manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Oq uy rahbarining fikricha, sanksiyalar yetarli darajada keskin emas.

Bayden ma’muriyati bu borada batafsil ma’lumot berishni istamadi. Ammo nashr savollariga javob berarkan, amaldorlardan biri Bayden sanksiyalar jazolovchi tusda yoki Rossiya xalqiga zarar yetkazadigan bo‘lishi kerakligini talab qilmaganini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti choralar «oqilona» va Rossiya hukumatining o‘zini tutishini o‘zgartirish uchun yetarli ravishda o‘ylangan bo‘lishini istamoqda.

15 aprelda Oq uy rahbari Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy etilishi to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Vashington xususan, Amerika kompaniyalariga Rossiya markaziy banki, milliy farovonlik fondi yoki moliya vazirligi chiqargan qarz majburiyatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olishni taqiqlagan. AQSHdagi saylovlarga aralashishga aloqador deb topilgan 16 tashkilot va 16 nafar jismoniy shaxsga hamda Qrimda ishlagani uchun sakkiz fuqaro va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritilgan. Shuningdek, Rossiya razvedka xizmati bilan aloqador deb hisoblangan 10 nafar diplomat chiqarib yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Rossiyaga qarshi kiritish taklif etilgan sanksiyalar paketini uch marta rad etdi