19:00 / 21.11.2021
2 113

Hindistonda fojia: qariyb 30 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

Hindistonda fojia: qariyb 30 kishi halok bo‘ldi (foto, video)
Foto: «Yandex»
Hindiston janubi-g‘arbidagi Andxra-Pradesh shtatidagi suv toshqinlari oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi, deya xabar beradi shtat rasmiylari.

«Halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi, 1316 ta qishloq suv ostida qoldi. Yog‘ingarchilik ehtimoli yuqori bo‘lgani uchun shtat hukumati kutish rejimiga o‘tdi», — dedi hukumat vakili India TV telekanaliga bergan intervyusida.

Shtat bosh vaziri Y.S. Jagan Moxan Reddi zararni baholash uchun jabrlangan hududlarni havodan suratga oldi. U mahalliy mutasaddilar bilan vaziyatni muhokama qildi, vayronagarchiliklar haqida batafsil ma’lumot oldi va suv toshqini kamayishi bilanoq yo‘qolgan hosilni hisoblab chiqishni so‘radi. Shtat hukumati halok bo‘lganlarning yaqinlariga 500 ming rupiy (6,7 ming dollar) to‘lanishini e’lon qildi.

Shuningdek, chorva mollariga jiddiy zarar yetganligi qayd etilgan: 612 bosh qoramol, 1,7 mingdan ortiq qo‘y va echki nobud bo‘lgan, umumiy yo‘qotish taxminan 23,1 million rupiyni (310 ming dollar) tashkil etmoqda.

Andxra-Pradesh daromad va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish vaziri Sattur Ramachandran shtatda 1 oktabrdan hozirgi kungacha 518,99 mm yog‘ingarchilik tushganini, bu mazkur davrdagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan 68 foizga ko‘p ekanligini aytdi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda fojia: qariyb 30 kishi halok bo‘ldi (foto, video)