21:00 / 21.11.2021
4 278

2022 yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan jahon yulduzlari (foto)

2022 yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan jahon yulduzlari (foto)
2021 yil aksariyat mashhur insonlar oilasiga yangi jajji mehmon tashrif buyurib, ularni xursand qildi. 2022 yil ham ushbu xursandchilik davom etishi shubhasiz va ota-ona bo‘lishni intiqlik bilan kutayotgan yulduzlar talaygina.

Rouzi Xantington-Uaytli va Jeyson Stetham

Foto: Pinterest
Victoria’s Secret modellaridan biri Rouzi aktyor Jeyson Stethem bilan uzoq yillar davomida baxtli yashab kelmoqda. 4 yoshli o‘g‘li Jekni tarbiyalayotgan juftlik yaqinda ikkinchi farzandini kutayotganini ma’lum qildi. Aytgancha, yulduzlar ikkinchi marta ota-ona bo‘lishlariga qaramay, 54 yoshli Jeyson 34 yoshli Rouziga turmush qurish taklifini bildirishga shoshilmayapti.

Vlad Sokolovskiy

Foto: Wday
30 yoshli qo‘shiqchi ikki yildan beri 22 yoshli Anjelina Surkova bilan baxtli hayot kechrmoqda. Yaqinda Sokolovskiy o‘zining sevgilisining prodyuseri bo‘lishga qaror qilganini ma’lum qildi, shuningdek, juftlik boshqa yangilik bilan ham o‘rtoqlashdi: ular tez orada ota-ona bo‘ladi. Sokolovskiy uchun bu bola ikkinchisi, qo‘shiqchining Rita Dakota bilan turmushidan to‘rt yoshli Mia ismli qizchasi bor.

Eshli Grem

Foto: Pinterest
Mashhur amerikalik model ham farzand ko‘rishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U turmush o‘rtog‘i Jastin Ervin bilan birga kelgusi yilda egizak farzandlarning ota-onasiga aylanadi. Aytgancha, 2020 yilda Eshli o‘g‘il farzand ko‘rgan va uning ismini Ayzek qo‘ygan. 34 yoshli Grem Instagram’da ultratovush tekshiruvi jarayoni videosini joylab, yana farzand kutayotganini ma’lum qilgan.

Kristina Richchi

Foto: Wday
41 yoshli aktrisa ikkinchi marta ona bo‘lish arafasida. 2021 yilning avgust oyida Kristina muxlislariga homiladorligini e’lon qilgan va oktabr oyida u farzandining otasi, sartarosh Mark Xemptonga turmushga chiqdi. Eslatib o‘tamiz, aktrisa birinchi turmushidan 7 yoshli o‘g‘li Freddini ham tarbiyalamoqda.

Jennifer Lourens

Foto: Pinterest
«Oskar» mukofoti sovrindori, 31 yoshli aktrisa ham ona bo‘lishga hozirlik ko‘rmoqda. Jennifer va uning turmush o‘rtog‘i, san’at galereyasi direktori, 36 yoshli Kuk Maroni uchun bu birinchi farzand. Eslatib o‘tamiz, juftlik uch yil oldin turmush qurgan va to‘y marosimi faqat yaqinlar davrasida o‘tkazilgan. Hozirda aktrisa homiladorligini berkitsa-da, paparatssilardan buni yashirib bo‘lmaydi.

Kayli Jenner va Trevis Skott

Foto: Pinterest
24 yoshli Kayli Jenner biznesda opasi Kim Kardashyanning izidan bormoqda. Kayli 29 yoshli reper Trevis Skott bilan ajrashishga qaror qilgan edi, lekin ikkinchi farzandini dunyoga keltirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan yulduz sobiq sevgilisiga yana bir imkoniyat berishga qaror qildi. 2022 yilda juftlikning 3 yoshli qizi Stormi Uebsterning singlisi tug‘iladi.

Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges

Foto: Pinterest
Dunyoning eng boy futbolchisi va hozirda ko‘p bolali otaga aylangan Krishtianu beshinchi marta ota bo‘lishga tayyorlanmoqda. 36 yoshli Krishtianu va uning 26 yoshli sevgilisi Jorjina Rodriges oilasiga yangi mehmon kelishini kutmoqda. Juftlik uchun bu ikkinchi farzand bo‘lib, ularning 4 yoshli Alana ismli qizi bor. Bundan tashqari, Krishtianu 11 yoshli kichik Krishtianu o‘g‘li hamda surrogat onalardan tug‘ilgan 4 yoshli egizaklar – Yeva va Mateoni tarbiyalamoqda. Aytgancha, yaqinda Ronalduning onasi Jorjinaga faqat pul kerakligidan xavotirda ekani va Krishtianuga unga uylanishda shoshmasligini maslahat berdi.

Jorj va Amal Kluni

Foto: Pinterest
Gollivudning eng chiroyli va kuchli juftliklaridan biri ikkinchi marta ota-ona bo‘lishga tayyorlanmoqda. Hozircha 60 yoshli Jorj va 43 yoshli Amal farzandli bo‘lishini tasdiqlamadi, ammo yulduzlar orasida juftlik yana egizak farzand kutayotgani haqida mish-mishlar bor. Eslatib o‘tamiz, ularning birinchi egizaklari Ella va Aleksandr 2017 yilda tug‘ilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2022 yilda farzandli bo‘lishi kutilayotgan jahon yulduzlari (foto)