15:53 / 22.11.2021
1 384

Gruziya bosh vaziri onlayn kazinolarni bosqichma-bosqich yopishni taklif qildi

Gruziya bosh vaziri onlayn kazinolarni bosqichma-bosqich yopishni taklif qildi
Foto: AP
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili mamlakatdagi onlayn kazinolarni bosqichma-bosqich yopish tashabbusi bilan chiqdi.

Birinchi bosqichda moliya vaziri onlayn kazinolar egalari uchun soliqni ko‘tarishni ko‘zda tutuvchi qonunchilik tashabbusini taqdim etadi. Ularning aksariyati xorij kompaniyalari. Afsuski, fuqarolarimizning pullari xorijga chiqib ketyapti”, — dedi u.

Garibashvilining qo‘shimcha qilishicha, onlayn kazinoda o‘ynash uchun yosh cheklovi 18 dan 25 yoshgacha oshiriladi. Keyinchalik esa butunlay taqiqlanadi.

Bosh vazirning ta’kidlashicha, onlayn kazinolar sababli mamlakatdan har yili 1,5 mlrd lari (482 mln dollar) chiqib ketyapti.
Gruziyada onlayn kazinolarni qisman yoki butunlay taqiqlashni talab qilib bir necha marta namoyishlar o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziya bosh vaziri onlayn kazinolarni bosqichma-bosqich yopishni taklif qildi