16:16 / 22.11.2021
2 612

Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi suv ombori to‘g‘oni yorilib ketdi (foto, video)

Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi suv ombori to‘g‘oni yorilib ketdi (foto, video)
Foto: Qozog‘iston FVV
Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi Knijevsk suv ombori to‘g‘onining bir qismi yorilib ketdi. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy vakili Talgat Ualiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

2021 yil 21 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:13 da (Toshkent vaqti bilan 22:13) to‘g‘onning Minboyev qishlog‘i yaqinidagi qismi buzilgan. Suv omborining umumiy hajmi 4,47 million kub metrni tashkil etadi, ayni paytda uning 50 foizi suv bilan to‘la. Tuynukning kengligi 5-6 metrni tashkil etadi, undan sekundiga taxminan 30 kub metr suv oqib chiqmoqda, deya xabar berdi FVV.

Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, uylar suv ostida qolmagan. Minboyev—Qosimbek hududiy avtomobil yo‘li ustidan suv oqib o‘tmoqda. Politsiya xodimlari yo‘l bo‘ylab harakatni cheklash uchun postlar o‘rnatdi.

«Oqava suvlar hajmi kamayib bormoqda. Qarg‘ali daryosi bo‘ylab aylanma yo‘l o‘tkazilmoqda, ayni damda aholi punktlarini suv bosish xavfi yo‘q. Voqea joyida Olmaota viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i boshchiligidagi Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bo‘linmalari, mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlari va boshqa ma’sul xizmatlar ishlamoqda. Voqea joyida va Favqulodda vaziyatlar vazirligi binosida falokatni bartaraf etish shtabi tuzildi», — deya ma’lum qildi Qozog‘iston Respublikasi FVV.

Foto: Qozog‘iston FVV

Foto: Qozog‘iston FVV

Foto: Qozog‘iston FVV


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi suv ombori to‘g‘oni yorilib ketdi (foto, video)