08:00 / 23.11.2021
1 582

Kim Kardashyan, Xeyli Biber va boshqa mashhurlar qaysi mahsulotlarni yoqtirmaydi?

Kim Kardashyan, Xeyli Biber va boshqa mashhurlar qaysi mahsulotlarni yoqtirmaydi?
Taom borasida ta’bi nozik shou-biznes vakillari haqida Harper’s Bazaar nashri ma’lumot berib o‘tadi.

Xeyli Biber

Foto: Harper’s Bazaar
Jastin Biberning rafiqasi yashil salatlarga hamisha ehtiyotkorlik bilan buyurtma beradi va bu ham yetmagandek iste’moldan avval likopchasini ehtiyotkorlik bilan ko‘zdan kechiradi. Gap shundaki, Xeyli kashnichning hidi va ta’miga chiday olmaydi.

Kim Kardashyan

Foto: Harper’s Bazaar
Achchiq taomlarni yoqtirmagani sabab Kim Kardashyan Osiyoga xos yeguliklar pishiriladigan oshxonadan ovqatlanmaslikka harakat qiladi.

Kortni Kardashyan

Foto: Harper’s Bazaar
Kortni gazlangan va shirin ichimliklarni ratsionidan allaqachon chiqarib tashlagan.

Tayra Benks

Foto: Harper’s Bazaar
Tayra Benks esa ta’mi yoqmagani uchun ustritsalarni yemaslikni afzal biladiganlardan.

Qirolicha Yelizaveta II

Foto: Harper’s Bazaar
Qirollik oshpazi o‘zgaradigan bo‘lsa, Yelizaveta II birinchilardan bo‘lib, sarimsoqdan tiyilishni ta’kidlaydi. Monarx xonim rasmiy uchrashuvlarda undan qanday ifor taralishiga e’tibor bilan yondashadi.

Shon Mendes

Foto: Harper’s Bazaar
Shon Mendesning yoqtirmagan mahsulot — pomidor. U ushbu mahsulot qo‘shilgan istalgan taomni iste’mol qilmaslikni afzal biladi.

Jennifer Eniston

Foto: Harper’s Bazaar
Aktrisaning ratsionida hech qachon yaxna taomlarni uchratmaysiz. Jenniferga bu kabi yegulikning ta’mi yoqmaydi.

Gvinet Peltrou

Foto: Harper’s Bazaar
Gvinet Peltrou bir emas, bir nechta mahsulotni yoqtirmaydi. Konservalangan pishloq, shivit, go‘sht shular jumlasidan.

Kelli Klarkson

Foto: Harper’s Bazaar
Parhez qilishiga qaramay, Kellining ratsionida bryussel karamini topib bo‘lmaydi.

Mishel Obama

Foto: Harper’s Bazaar
Mishel Obama birinchi xonimligida turar joyining orqa hovlisida meva va sabzavotlar yetishtirishni yaxshi ko‘rgan. Ammo yoqtirmagani sabab ular orasida lavlagi bo‘lmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Kardashyan, Xeyli Biber va boshqa mashhurlar qaysi mahsulotlarni yoqtirmaydi?