18:47 / 25.11.2021
1 838

«Tolibon» Afg‘onistonda kannabisni qayta ishlovchi korxona ochadi

«Tolibon» Afg‘onistonda kannabisni qayta ishlovchi korxona ochadi
Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» harakati mamlakatda kannabisni qayta ishlash bo‘yicha korxona ochish niyatida ekanini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Interfaks».

«Tolibon» IIVning xabarida aytilishicha, korxona Cpharm kompaniyasi yordamida tashkil etiladi. Idora ushbu kompaniya haqida batafsil ma’lumotlarni oshkor etmagan, ammo Aamaj News axborot agentligining ta’kidlashicha, u Avstraliyada joylashgan.

IIV matbuot markazi boshlig‘i Said Xosti o‘zining Twitter’dagi sahifasiga ushbu kompaniya vakillari bilan ichki ishlar vazirining giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo‘yicha o‘rinbosari uchrashganini yozgan.

«Cpharm Afg‘onistonda gashishni qayta ishlash bo‘yicha korxonani yaratishga 450 million dollar investitsiya kiritadi. Kompaniya bilan shartnomaning barcha bosqichlari yakunlangan va loyiha bir necha kundan keyin rasman ishga tushiriladi, bu orqali ko‘plab fuqarolar uchun ish o‘rinlari yaratiladi», — deydi Xosti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu korxona mahsuloti dori vositalari va kremlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» harakati Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgach, mamlakatning giyohvand moddalari yetishtirishni to‘xtatishi haqida va’da bergandi. «Endi giyohvand moddalar ishlab chiqarilmaydi va kontrabanda yo‘li bilan boshqa davlatlarga olib o‘tilmaydi. Afg‘oniston afyun yetishtiradigan mamlakat bo‘lmaydi», — degan harakat vakili Zabihulla Mujohid. U shunday siyosat olib borish uchun «Tolibon»ga xorij davlatlarining ko‘magi zarurligini ham ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» Afg‘onistonda kannabisni qayta ishlovchi korxona ochadi