23:56 / 27.11.2021
1 757

Avstriyada o‘n minglab odamlar majburiy emlashga qarshi namoyishga chiqdi

Avstriyada o‘n minglab odamlar majburiy emlashga qarshi namoyishga chiqdi
Foto: Lisa Leutner/AP Photo
Avstriyaning yirik shaharlarida COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq yangi cheklovlarga qarshi namoyishlar o‘tkazdi. Ular koronavirusga qarshi majburiy emlash joriy etilishiga nisbatan norozilik bildirdi.

Avstriya politsiyasining ma’lumot berishicha, butun mamlakat bo‘ylab 40 ming kishi norozilik namoyishlariga chiqqan.

Gras shahrida o‘tkazilgan namoyishda o‘n minglab kishilar qatnashgan – bu Ikkinchi jahon urushi davridan buyon o‘tkazilgan eng yirik aksiya hisoblanadi.

Avstriyada noroziliklar mamlakat hukumati 22 noyabrdan umummilliy lokdaun joriy etgani va 2022 yil 1 fevraldan barcha fuqarolarni koronavirusga qarshi majburiy emlash kampaniyasini boshlashi haqida ma’lum qilganidan so‘ng boshlandi.

Avvalroq Avstriya hukumati mamlakatga barcha turistlarning kirishini taqiqlagandi. Mazkur taqiq 3 dekabrgacha amal qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriyada o‘n minglab odamlar majburiy emlashga qarshi namoyishga chiqdi