Yaponiya hukumati COVID-19 pandemiyasi sharoitida aholiga yordam tariqasida 1,8 trillion iyena (taxminan 15,8 milliard AQSH dollari) ajratishga qaror qildi.
Qayd etilishicha, hukumat ushbu to‘lovlarni 2022 moliya yili uchun davlat budjeti loyihasiga kiritgan. 174 AQSH dollari miqdoridagi yordam plastik karta ko‘rinishidagi shaxsiy guvohnomaga ega bo‘lgan barcha fuqarolarga beriladi.
Bunda fuqaro ushbu kartalarning tibbiy sug‘urta sifatida ishlatilishiga rozilik bildirishi va karta bank hisobraqamiga bog‘langan bo‘lishi kerak. Hukumat shu tariqa yagona identifikatsiya kartalarining ommaviyligini oshirmoqchi. Ayni paytda yaponiyaliklarning atigi 39 foizi bunday kartalardan foydalanadi.
Avvalroq Milliy genetika instituti professori Ituro Inoue Yaponiyada COVID-19 virusining delta shtammi doimiy mutatsiyalar tufayli o‘z-o‘zini yo‘q qilganidan so‘ng kasallanishlar soni kamayganini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, kasallanishlar sonining kamayishiga mamlakatda emlashning yuqori ko‘rsatkichlari va infeksiyadan himoya choralariga rioya qilish ham sabab bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?