11:00 / 28.11.2021
3 058

Koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilishning yo‘li topildi

Koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilishning yo‘li topildi
Isroilning Ariel universiteti olimlari koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilish usulini topdi. Ularning tadqiqotiga ko‘ra, millimetrli to‘lqinlar ikki soniyada yuzadagi koronavirus va poliovirusning 99,8 foizini o‘ldirishi mumkin, deb yozadi The Jerusalem Post nashri.

Mutaxassislar uzunligi bir millimetrdan o‘n millimetrgacha bo‘lgan radioto‘lqinlarning COVID-19ga ta’sirini o‘rganishdi. Tadqiqot natijasida ular radiatsiya patogenlarni ikki soniyada yo‘q qilishini aniqladilar. Millimetr to‘lqinlari saraton hujayralariga qarshi kurash usuli, shuningdek energiyani simsiz uzatish usuli deb ham ataladi.

Eslatib o‘tamiz, jahonda ayni damda koronavirusning yangi omikron shtammi tarqalmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusni ikki soniyada yo‘q qilishning yo‘li topildi