17:57 / 29.11.2021
1 922

«Tolibon» yetakchisi xalqaro xayriya tashkilotlaridan yordam so‘radi

«Tolibon» yetakchisi xalqaro xayriya tashkilotlaridan yordam so‘radi
Foto: Balkis Press
Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Hasan Oxund xalqaro yordam va AQSHda muzlatib qo‘yilgan 10 milliard dollarga yaqin mablag‘dan foydalanish imkoniyatini so‘radi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

«Tolibon» vakili xalqaro xayriya tashkilotlarini «yordamni rad etmaslikka» chaqirdi, chunki mamlakat ommaviy ochlik tahdidiga qarshi kurashmoqda. Bu Oxundning Afg‘onistonda hokimiyatga kelganidan keyin birinchi televizion chiqishi. AQSH bilan Dohada bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan yo‘llayotgan ushbu murojaatda u hukumat boshqa davlatlarning ichki ishlariga «aralashmaydi» deb va’da berdi.

«Imkon qadar xalqning muammolarini hal qilishga harakat qilyapmiz, barcha departamentlarda ortig‘i bilan ishlayapmiz», — deydi Oxund. U Afg‘onistondagi ocharchilik, ishsizlik va moliyaviy inqirozni AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan avvalgi hukumatga bog‘ladi.

«Xalq, hushyor bo‘ling. Oldingi hukumatdan qolib, yashirinib yurganlar xavotir uyg‘otmoqda, xalqni noto‘g‘ri yo‘ldan ozdirmoqda, o‘z hukumatiga ishonmaslikka majbur qilmoqda», — deydi Oxund.

Bosh vazirning aytishicha, uning hukumati u «dunyodagi eng zaif tizim» deb biladigan korrupsiya muammosini hal qilgan. Shuningdek, hukumat bir necha oydan beri maoshini olmagan minglab davlat xizmatchilariga qanday qilib pul to‘lash ustida ishlamoqda, dedi u.

«Xalqning muammolari hal etilishi uchun biz barcha xalqaro xayriya tashkilotlaridan ko‘makni rad etmasliklarini va holdan toygan xalqimizga yordam berishlarini so‘raymiz», — dedi Hasan Oxunda o‘z nutqida.

U, shuningdek, AQSHni afg‘on mablag‘larining 10 milliard dollarini blokdan chiqarishga chaqirdi. AQSHda mazkur mablag‘lar avgust oyi o‘rtalarida «Tolibon» oldingi ma’muriyat ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng muzlatib qo‘yilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» yetakchisi xalqaro xayriya tashkilotlaridan yordam so‘radi